Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 22-iyul

Qanday ma'lumotlarni saqlaymiz

Taklifnoma tayyorlash uchun siz bergan ma'lumotlarni saqlaymiz:

  • ·Marosim egalarining ismlari, sana, joy nomi va manzil
  • ·Taklifnoma matni va siz yuklagan rasm, musiqa yoki video fayllar
  • ·Ixtiyoriy ravishda kiritilgan aloqa raqamlari (masalan, boshlovchi yoki kuyov-kelin telefoni)

Bu ma'lumotlarni siz o'zingiz taqdim etasiz va ular faqat taklifnomangizni yaratish uchun ishlatiladi.

Mehmonlar haqida

Taklifnoma havolasini ochgan mehmonlardan hech qanday shaxsiy ma'lumot so'ralmaydi va yig'ilmaydi. Biz faqat har bir taklifnoma necha marta ochilganini sanaymiz. Bu son kimga tegishli ekanini aniqlab bo'lmaydi: IP manzil, joylashuv yoki qurilma ma'lumotlari saqlanmaydi.

Uchinchi tomonlar

Ma'lumotlaringizni sotmaymiz va reklama tarmoqlariga bermaymiz. Xaritada joyni ko'rsatish uchun havola Google Xaritaga olib boradi — u yerda Google'ning o'z qoidalari amal qiladi.

Saqlash muddati

Har bir taklifnomaning amal qilish muddati bor. Muddat tugagach havola ochilmaydi. Ma'lumotlarni butunlay o'chirishni istasangiz, bizga yozing — o'chiramiz.

Aloqa

Savollar bo'yicha: Telegram yoki +998 33 104 10 14.

← Bosh sahifa